“Tamerlan” deb nomlangan ajoyib kolleksiya o‘zining dabdabasi va ulug‘vorligi bilan ajralib turadi. Bu kollektsiyani bemalol qirollik saroylariga to‘shash mumkin. “Tamerlan” – bu klassika va abstraktsiya uslublari uyg‘unlashgan kombinatsiyalangan kolleksiya. Uning gilamlarida ham muloyim pastel ranglar, ham yorqin va to‘q ranglar mavjud. Har bir gilam o‘ziga xos bo‘lib, go‘yo bir sirli hikoyani so‘zlab beradi. Nafis gul naqshlari gilamga o‘ziga xos joziba bag‘ishlasa, geometrik bezaklar esa estetik zavq ulashadi. Gilamlar akril iplardan tayyorlangan. Akril – bu yuqori sifatli ip bo‘lib, bir qancha afzalliklarga ega: material ifloslanishga, namlik ta’siriga chidamli, mog‘or tushishidan qo‘rqmaydi, uy sharoitidagi yuvish vositalari yoki professional tozalash kimyoviy moddalar yordamida oson tozalanadi.
“Afnan” gilam kolleksiyasi nafislik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan. Ushbu kolleksiya har bir uyning interyeriga uyg‘unlik va qulaylik olib kiradi. “Afnan” gilamlarining dizayni klassik uslub elementlari bilan boyitilgan bo‘lib, zamonaviy geometrik va o‘simliksimon naqshlar bilan to‘ldirilgan. Ranglar palitrasi esa sokin pastel tuslardan tortib, chuqur va jozibali ohanglargacha boyitilgan.
Ilgari buyuk Eron podshohlarining saroylarini bezagan gilamlar asosida yaratilgan ushbu gilamlar bugungi kunda ham nafislik va yuksak san’atni qadrlovchilar orasida katta talabga ega. Butun dunyoga mashhur Isfahon hunarmandlarining eng yaxshi an'analariga muvofiq to‘qilgan Premium toifadagi mahsulotlar har qanday interyerni boyitib, unga dabdaba va nafislik baxsh etadi. Ayniqsa, klassik uslubdagi interyerlarda ular nihoyatda uyg‘un ko‘rinadi. Ular yuqori zichlikdagi tukli tuzilmasi (1 m² ga 2 million 880 ming tuk to‘plami) tufayli qo‘l mehnati bilan to‘qilgan gilamlarga juda o‘xshash. Shu sababli, bu gilamlar dizayner tomonidan o‘ylab chiqilgan nihoyatda aniq, murakkab va detallashtirilgan naqshlarga ega
“Modern” gilam kolleksiyasi – bu zamonaviy dizayn va funksionallikni o‘zida mujassam etgan betakror kolleksiya. Ushbu kolleksiya bugungi kundagi interyer tendensiyalariga mos ravishda yaratilgan bo‘lib, minimalizm, loft va skandinavcha uslubdagi xonadonlar uchun ayni muddao.
Har bir qadamingizda qulaylik va nafislik — bu AMELIYA gilam kolleksiyasi. 100% poliester materialidan tayyorlangan ushbu gilamlar bej va och jigarrang tuslarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, yuzasidagi tissheniy (bo‘rtma) naqshlar ularga yanada ko‘proq teksturaviy joziba baxsh etadi. “Ameliya” gilamlari mehmonxona, yotoqxona yoki ish xonasi uchun juda mos bo‘lib, uyingizga nafis ko‘rinish va iliq muhit olib kiradi.
“Fabia” gilam kolleksiyasi sizni uyingizda qulaylik va uslubdan bahramand bo‘lishga chorlaydi. Yuqori sifatli 100% akrildan tayyorlangan ushbu gilamlar mustahkamlik va nafislikni o‘zida uyg‘unlashtirgan. Issiq va sovuq tuslardagi ranglar bo‘rtma naqshlar bilan to‘ldirilib, interyeringizga o‘ziga xos teksturaviy joziba qo‘shadi. Qulay va shinam “Fabia” gilamlari har qanday xona uchun mos bo‘lib, unga nafis ko‘rinish va iliq muhit yaratadi.
MOVAROUNNAHR — bu oddiy gilamlar to‘plami emas, bu qalb va tasavvurning tub-chuqurlariga sayohatdir. Ushbu kolleksiya Markaziy Osiyoning tarixiy ruhi, muhtasham manzaralari va boy madaniy merosi bilan to‘yingan. Har bir qarashda bu san’at asari yangi his-tuyg‘ular va emotsiyalar ufqini ochadi, sizni kundalik hayotdan olib chiqib, har bir tugun va har bir rang qadimiy an’analar va Movarounnahr afsonalaridan ilhomlangan cheksiz go‘zallik simfoniyasiga cho‘mishga taklif etadi.
“Roma” gilam kolleksiyasi qadimiy Rimning betakror uslubi va zamonaviy nafislikni uyg‘unlashtirgan noyob to‘plamdir. Ushbu kolleksiya o‘zining klassik geometrik naqshlari va boy rang palitrasi bilan har qanday interyerni bezab, unga o‘ziga xos tarixiy va madaniy ruh baxsh etadi. Gilamlar yuqori sifatli materiallardan, asosan akril iplaridan tayyorlangan bo‘lib, mustahkamligi, chidamliligi va oson tozalanuvchanligi bilan ajralib turadi. “Roma” kolleksiyasidagi gilamlar mehmonxona, yotoqxona va ofis kabi har qanday muhit uchun juda mos keladi.